Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiyada TikTokning bolalar va o‘smirlarga psixologik ta’siri o‘rganiladi

Fransiyada TikTokning bolalar va o‘smirlarga psixologik ta’siri o‘rganiladi

Fransiya Milliy assambleyasi TikTok ijtimoiy media platformasining bolalar va o‘smirlarga psixologik ta’sirini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzishni ma’qulladi.

Milliy assambleyaning umumiy yig‘ilishida TikTokning bolalar va o‘smirlarga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasini tuzish taklifi muhokama qilindi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Parlament tadqiqot komissiyasi olti oy davomida TikTok algoritmi va platformaning voyaga yetmaganlarga psixologik ta’sirini o‘rganadi.

Parlamentning 30 a’zosidan iborat komissiya, shuningdek, platforma muhitida bolalar va yoshlarni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rishni aniqlaydi.

Kiritildi: 11:16 14.03.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!