Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada 2025 yilning birinchi issiqlik to‘lqini qayd etildi

Fransiyada 2025 yilning birinchi issiqlik to‘lqini qayd etildi

Yaqin kunlarda Fransiyaning katta hududlarida havo harorati rekord darajadagi 38°C darajaga yetishi kutilmoqda.

Mahalliy meteorologlarning ta’kidlashicha, bu yozda g‘ayrioddiy issiq davr, bu Yevropadagi global isishning yaqqol ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.

«Fête de la Musique» an’anaviy musiqa festivali 21 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi va u payti juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shunday qilib, fransuzlar joriy mavsumning birinchi ekstremal jazirama to‘lqiniga duch keladi.

«19 iyun, payshanba kunidan boshlab, bir necha kundan beri yuqori bo‘lgan havo harorati asta-sekin o‘sib boradi va shanba kuni o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi», — deydi Météo France. — Birinchi bo‘lib mamlakatning g‘arbiy qismi aziyat chekadi, u yerda havo harorati 34 dan 38°S gacha ko‘tariladi. Kechalari ham issiq bo‘ladi, tropik kechalar bo‘lishi mumkin, ya’ni harorat 20 °C dan pastga tushmaydi.

Météo-France juma kuni 16 ta departament, jumladan Bretan va Overn-Rona-Alp mintaqalari uchun to‘q sariq rangli ogohlantirish e’lon qildi. Issiqlik Ispaniya va Buyuk Britaniyaga ham ta’sir qilishi mumkin.

Ushbu issiqlik to‘lqini - g‘ayrioddiy yuqori haroratlar ketma-ket bir necha kun davom etadigan hodisa - Fransiyada 1947 yildan beri qayd etilgan elliginchi hodisa.

«Bu yangi voqelikning aksidek ko‘rinadi: issiqlik to‘lqinlari tez-tez, shiddatli bo‘lib, yil boshida ham, oxirida ham namoyon bo‘lmoqda», — deydi fransuz klimatologi.

Ilgari bunday holat har besh yilda bir marta sodir bo‘ladi, deb hisoblanardi. Endi bu tez-tez, hatto har yili sodir bo‘lyapti.

1989 yilgacha Fransiyada har yili o‘rtacha atigi 1,7 kunlik haddan tashqari issiqlik qayd etilgan bo‘lsa, 2000 yildan 2015 yilgacha bu ko‘rsatkich sakkiz kungacha oshgan.

So‘nggi o‘n yil ichida bu yiliga o‘rtacha 9,4 kungacha ko‘tarildi.

Olimlar doimiy ravishda iqlim o‘zgarishi issiq to‘lqinlar, qurg‘oqchilik va toshqinlar kabi ekstremal ob-havo hodisalariga olib kelishi haqida doimo ogohlantirib kelyapti.

Kiritildi: 20:35 20.06.2025. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!