Fransiyada yaqinda betondan 3D chop etish texnologiyasi yordamida qurilgan Yevropadagi eng yirik ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi yakunlandi.
Bino 12 ta to‘liq jihozlangan kvartiradan iborat bo‘lib, ular ijtimoiy uy-joy sifatida topshiriladi. Qurilish konstruksiyasining tashqi qobig‘ini 3D chop etish jarayoni atigi 34 ish kunida tugallandi va butun jarayonni bor-yo‘g‘i uch nafar operator nazorat qildi.
Loyihaning mualliflari sifatida developer Plurial Novilia va HOBO Architecture arxitektura byurosi ishtirok etdi. Sanoat usulidagi 3D bosma ishlari PERI 3D Construction mutaxassislari tomonidan COBOD BOD2 qurilmasi yordamida amalga oshirildi. Qiziq jihati shundaki, xususiyatlari jihatidan o‘xshash bo‘lgan qo‘shni ob’ekt an’anaviy qurilish usullari bilan barpo etilgan bo‘lib, uning qurilishi uch oyga ko‘proq vaqt talab qilgan, deb xabar berdi techcult.ru.