Fransiyada shanba kuni noyob pushti olmos namoyishga qo‘yildi. U 100 yil avval o‘g‘irlanganidan beri ilk bor jamoatchilikka ko‘rsatilmoqda. Olmos so‘nggi marta 1926 yil oktyabr oyidagi shov-shuvli o‘g‘rilikdan oldin namoyish etilgan edi.
«Gran Konde» (Grand Condé) deb nomlanuvchi, nok shaklidagi 9,01 karatli noyob qimmatbaho tosh Parij yaqinidagi Shantiyi qal’asiga tungi hujum vaqtida o‘g‘irlangan. O‘g‘rilikni sodir etgan tajribasiz jinoyatchilar olmosni olma ichiga yashirib olib chiqib ketishgan.