Fransiya terma jamoasining mundialdagi o‘yinlari mamlakat kinoteatrlarida bepul namoyish etilishi mumkin.
Bu JCH-2026 chiptalari narxining o‘ta qimmatligiga javoban ko‘rilayotgan chora. Tashabbus mamlakat futbol federasiyasi prezidentidan chiqqan, uning fikricha, hech bir muxlis turnirdan chetda qolmasligi lozim.
Xabarga ko‘ra, Fransiyadagi bir nechta kinoteatrlar tarmoqlari bilan bu yo‘sindagi muzokaralar boshlangan.