Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Fransiya Tashqi ishlar vaziri: «Fransiya Islomni hurmat qiladi»

Fransiya Tashqi ishlar vaziri: «Fransiya Islomni hurmat qiladi»

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Jahon Musulmonlar Ligasi bosh kotibi Muhammad bin Abdul Karim Al-Issa bilan 19 noyabrda bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Fransiya Islomni hurmat qilishini va musulmonlar mamlakatning bir qismi ekanligini aytdi.

Shuningdek, ushbu ikki shaxs umumiy manfaatlar bo‘yicha boshqa bir necha masalalarni ham muhokama qilishdi, demoqda "tarjumon.uz".

Yaqinda Britaniya matbuoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni «saylovda ovoz to‘plash maqsadida fransuz musulmonlarini qoralash va ularga nisbatan qo‘rquv va shubha muhitini yaratishda» ayblagandi. O‘shanda Makron Fransiya Islomiy separatizmga qarshi kurashayotganini va hech qachon Islomga qarshi bormasligini ta’kidlagandi.

Emmanuel Makron oktyabr oyida o‘qituvchi Samuel Patining o‘ldirilishidan so‘ng Fransiya hech qachon karikaturalarga ruxsat beruvchi qonunlaridan voz kechmasligini aytib,  butun musulmon olamida noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Pati o‘z sinfiga payg‘ambar Muhammad (sollollohu alayhi vasallam) karikatura qilingan suratni namoyish qilgan va aynan shuning uchun musulmon o‘quvchi tomonidan o‘ldirilgandi.

Kiritildi: 05:00 21.11.2020. O'qildi: 2030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!