Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya Senegaldan chiqib ketadi

Fransiya Senegaldan chiqib ketadi

Parij Senegaldan qo‘shinlarni olib chiqish jarayonini rasman boshladi, ikkita harbiy ob’ekt nazoratini topshirdi. Marechal va Sent-Ekzyuperi hududlaridagi bazalarni topshirish 7-mart kuni amalga oshirildi, deb xabar berdi Fransiyaning Dakardagi elchixonasi.

Qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror Senegal prezidenti Bassiro Diomaya Fayaning barcha xorijiy kuchlarni 2024-yil oxirida olib chiqib ketishga chaqirgan bayonotidan keyin qabul qilindi. Hozirda mamlakatda Dakarning Uakam hududida joylashgan 200 ga yaqin fransuz askari qolmoqda.

Qolgan obektlar, jumladan, Fransiyaning Falcon razvedka samolyoti joylashgan baza taqdiri hamon muhokama qilinmoqda. Senegal uni qaytarib olishga shoshilmayapti, chunki u dengiz chegarasini nazorat qilish va noqonuniy baliq ovlash bilan kurashish uchun ishlatiladi.

Fransuz qo‘shinlarini olib chiqish Dakar va Parij o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda va 2025-yilgacha yakunlanishi kerak. Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma komissiya jarayonni muvofiqlashtirmoqda va Fransiya armiyasi allaqachon harbiy bazalarda ishlayotgan 162 senegallikni ishdan bo‘shatgan.

Fransiya G‘arbiy Afrikadagi ta’sirini yo‘qotishda davom etmoqda: Senegal Niger, Burkina-Faso va Chaddan keyin frantsuz qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan oxirgi davlatga aylandi. Parij va Afrika davlatlarining yangi rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy ziddiyat bu jarayonni faqat tezlashtirmoqda.

Parij qit’ada o‘zining harbiy ishtirokini qisqartirib, kichik kontingentlarni qoldirib, mamlakatlarga harbiy tayyorgarlik va maqsadli yordam ko‘rinishidagi hamkorlikni taklif qilmoqchi. Fransiya bir xil formatdagi harbiy bazasini saqlaydigan yagona davlat - Jibuti.

Kiritildi: 14:04 10.03.2025. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!