Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya Ruanda sobiq birinchi xonimi bo‘yicha tergovni qayta ochdi

Fransiya Ruanda sobiq birinchi xonimi bo‘yicha tergovni qayta ochdi

Fransiya 1994 yildagi genosid bilan bog‘liq ish bo‘yicha Agate Habyarimanaga nisbatan tergovni qayta ochdi.

France 24 xabariga ko‘ra, 83 yoshli sobiq birinchi xonim Ruandada 1994 yilda sodir bo‘lgan va taxminan 800 ming kishi, asosan tutsi etnik guruhi vakillari halok bo‘lgan genosidda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq unga nisbatan ish “etarli dalil yo‘qligi” sababli yopilgan edi, biroq Fransiya apellyasiya sudi ushbu qarorni bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Hozircha Agate Habyarimanaga rasman ayblov qo‘yilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: Bugun 22:33. O'qildi: 127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!