Fransiya Milliy majlisi Mishel Barne boshchiligidagi vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik bildirdi.
4 dekabr, chorshanba kuni 574 deputatdan 331 nafari bu qaror uchun ovoz berdi. Bu uch oydan kamroq vaqt davomida hokimiyatda bo‘lgan ozchilik hukumatini iste’foga chiqishga majbur qiladi.
Bu deputatlar 1962 yildan beri birinchi marta hukumatni iste’foga chiqargan birinchi holat. O‘shanda Milliy majlis Jorj Pompidu kabinetiga ishonchsizlik uchun ovoz bergandi.