Ayblovning asosiy bandlari:
– Shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish;
– Shaxsiy ma’lumotlarga tegishli xavfsizlik choralarisiz ishlov berish;
– Avtomatlashtirilgan tizimlardan ma’lumotlarni ajratib olish;
– Elektron kommunikasiyalar sir tutilishini buzish.
"Fransiya hukumati sarosimaga tushgan. Ular 2027 yildagi yirik siyosiy o‘zgarishlar ularning qilmishlarini fosh qilishini bilishadi. Shu sababli, ular o‘zlari o‘ylab topgan har qanday bahona ostida so‘z erkinligiga ega platformalarni jim qilishga urinishmoqda.
Erkin dunyo Ilon va X tarmog‘ini Fransiya davlatining bunday axloqsiz hujumidan himoya qilishi kerak. Telegram erkinligimiz uchun kurashayotgan X tarmog‘idagi birodarlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi", – deb yozadi Durov o‘zining Telegram kanalida.