Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya Hormuz bo‘g‘ozi masalasini alohida muhokama qilishni taklif qildi

Fransiya Hormuz bo‘g‘ozi masalasini alohida muhokama qilishni taklif qildi

Fransiya AQSh va Eronga Hormuz bo‘g‘ozi masalasini mojaroning boshqa jihatlaridan alohida tarzda muhokama qilishni taklif qildi.

Elisey saroyi bayonotiga ko‘ra, mazkur masala “umumiy manfaatlarga ega” bo‘lib, uni hal qilish uchun ko‘p millatli xavfsizlik missiyasini tashkil etish mumkin.

Le Figaro yozishicha, Fransiya tomoni Eron tankerlariga bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat berishni, buning evaziga Tehronni muzokaralarga rozi bo‘lishga chaqirmoqda. Shu bilan birga, AQShdan ham blokadani bekor qilish talab etilmoqda.

Axios manbalariga ko‘ra, Vashington Tehrondan anglashuv memorandumi bo‘yicha 48 soat ichida javob kutmoqda.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralar Stiv Vitkoff va Jared Kushner ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda vositachilar orqali, jumladan Pokiston orqali olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyo nefti va suyultirilgan gazining taxminan beshdan bir qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi mart oyidan buyon yopiq holatda qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:32. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!