Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya himoyachisi Yamalning so‘zlariga javob qaytardi

Fransiya himoyachisi Yamalning so‘zlariga javob qaytardi

Fransiya va Ispaniya terma jamoalari jahon chempionati yarim finalida to‘qnash keladi. «Qizil furiya» vingeri Lamin Yamal agar bu juftlikda kimdir qo‘rqishi kerak bo‘lsa, ular fransuzlar ekanini aytib, keskin bayonot bergan edi. Yamalning so‘zlariga «uch ranglilar» himoyachisi Ibraima Konate javob qaytardi.

«Yamalning so‘zlarimi? U xohlagan narsasini gapirishi mumkin. Biz eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz, o‘yin oxirida esa kimning ishi o‘xshaganini ko‘ramiz.

Ispaniyadan qo‘rqamizmi? Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Ochig‘ini aytganda, biz kim nima deyayotganiga e’tibor qaratmaymiz. Biz hech kimdan qo‘rqmasligimiz kerak. Bunday qopqonga tushib qolmasligimiz lozim, ayniqsa turnirning bu bosqichida», — deya Konatening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:37 12.07.2026. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!