Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro amerikalik tadbirkor Ilon Maskni Yevropa yetakchilariga qarshi internetdagi ta’qib kampaniyalarini tashkil etishda aybladi. Shuningdek, u 2027 yilda Fransiyada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga xorijiy aralashuv xavfi borligidan ogohlantirdi.
Barroning aytishicha, Rossiya, Xitoy, Eron va MAGA harakati tarafdorlari Fransiyadagi ijtimoiy kelishmovchiliklardan foydalanib, jamiyatdagi qutblashuvni kuchaytirishga urinmoqda.
Fransiya tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Isroilning bir kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda soxta fransuz akkauntlarini yaratib, Isroil — Falastin mojarosiga oid muhokamalarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilganini bildirdi.
Barro Fransiyaning ichki ishlariga xorijdan aralashishga qaratilgan har qanday urinishga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.