Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Fransiya avtomobil olomonni bosib ketdi, qurbonlar bor

Fransiya avtomobil olomonni bosib ketdi, qurbonlar bor

Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qismida mashina olomon ustiga haydab borishi natijasi bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.

Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.

Ularga ko‘ra, voqea Mansh departamentining Piru shahrida sodir bo‘lgan. Mashinada ikki kishi bo‘lgan, ular ham jarohat olgan.

"Sohil bo‘yidagi Piru shahrida avtomobil odamlarning ustiga borib urilgani oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi. Favqulodda xizmatlar olti nafar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatdi: to‘rtta piyoda va mashinadagi ikki yo‘lovchi", - deyiladi xabarda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, mashina piseriya terassasiga borib urilgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Kiritildi: 09:15 07.09.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!