Federal Qidiruv Byurosi (FTQ) otishmachi Tomas Metyu Kruks haqidagi asosiy ma’lumotlarni yashirib, 2024 yil iyulida AQSh prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan Vakillar palatasi tergovini kechiktirdi.
Bu haqda The New York Post (NYP) tergovda ishtirok etgan ikki kongressmenga tayanib xabar berdi.
Kruksning ijtimoiy media faoliyatiga oid yangi ma’lumotlar, avvalroq Kongressga oshkor qilinmagan, ko‘plab siyosiy zo‘ravonliklarni ma’qullash, siyosatchilarni o‘ldirishga chaqiriqlar va uy qurilishi bombalarini yasash bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Kongressmenlar Mayk Kelli va Pet Fellon tergov davomida FQB bu fayllarni hech qachon topshirmaganini ta’kidlab, yangi tergov o‘tkazishga chaqirishdi.
Misol uchun, 2020 yil avgustdagi bir postida Kruks shunday deb yozgan edi: "Hukumatga qarshi kurashishning yagona yo‘li - bu terroristik hujumlar, muhim binoga bomba olib kirish va hech kim sizni ko‘rmasdan oldin uni portlatish va amaldorlarni o‘ldirishdir".