Shimoliy Karolina sharqiy okrugining katta hakamlar hay’ati FQB sobiq rahbari Jeyms Komiga nisbatan prezidentga tahdid qilish ayblovini tasdiqladi.
Bu haqda CNN sud hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.
Ayblovga Komi tomonidan 2025 yil may oyida ijtimoiy tarmoqqa joylangan surat sabab bo‘lgan. Unda chig‘anoqlardan yasalgan "8647" raqami aks etgan. Tergov buni prezidentni o‘ldirishga yashirin chaqiriq deb hisoblamoqda: "86" — "qutulish/yo‘q qilish", "47" esa AQShning 47-prezidenti Donald Trampni anglatadi. Jeyms Komi o‘z aybini tan olmay, federal sud tizimining mustaqilligiga ishonishini ma’lum qildi.
Ekspertlarning fikricha, ayblov tomoni Komi ushbu suratni aynan suiqasdga chaqiriq sifatida qasddan e’lon qilganini isbotlashi ancha qiyin kechadi.