Iroqning El-Fao port shahridan janubi-sharqqa tomon 63 dengiz mili masofasida, Fors ko‘rfazida yuk tashuvchi tankerda yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu haqda Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo qatnovi boshqarmasi (UKMTO) ma’lum qilgan.
«UKMTO Iroqning El-Fao port shahridan janubi-sharqqa tomon 63 dengiz mili masofasida, Fors ko‘rfazida tanker yong‘in bo‘layotgani haqida ko‘plab xabarlarni qabul qildi», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Qayd etilishicha, xabar kelib tushgan vaqtda kema ekipajining ahvoli, yetkazilgan zarar miqdori va atrof-muhitga ehtimoliy ta’sir haqida ma’lumot mavjud bo‘lmagan.