Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Fors ko‘rfazi mamlakatlari Vashingtonning Eron bilan muzokaralardagi yondashuvidan xavotirda

Fors ko‘rfazi mamlakatlari Vashingtonning Eron bilan muzokaralardagi yondashuvidan xavotirda

Fors ko‘rfazi davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan mojaro bo‘yicha yuritayotgan siyosatidan norozi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mintaqa mamlakatlari Vashingtonning yondashuvini "izchil emas va oldindan aytib bo‘lmaydigan" deb hisoblamoqda. Shuningdek, ular AQSh Eron bilan samarali muzokaralar jarayonini yo‘lga qo‘ya olmayotganidan xavotirda.

"Ayrim davlatlar hatto o‘z hududlarida AQSh harbiy bazalarini joylashtirish qanchalik maqsadga muvofiq ekanini shubha ostiga olmoqda. Biroq ular Vashington bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikdan tezda voz kecha olmaydi, chunki hozir mintaqada muqobil ittifoqchilar yo‘q", — deyiladi xabarda.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlari bir tomondan AQShning Eronga nisbatan siyosatidan norozi bo‘lsa, ikkinchi tomondan mintaqaviy xavfsizlik masalalarida Vashingtonga bog‘liqlikni saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 13:44 16.08.2026. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!