Fors ko‘rfazi davlatlari Trampning Eron bilan mojaro borasidagi siyosatidan norozi — The Wall Street Journal.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari AQSh prezidentining yondashuvini "izchil emas va oldindan aytib bo‘lmaydigan" deb hisoblamoqda. Shuningdek, ular Vashington muzokaralar jarayonini yo‘lga qo‘ya olmayotganidan xavotirda.
"Ayrim davlatlar hatto o‘z hududlarida AQSh harbiy bazalarini joylashtirish qay darajada maqsadga muvofiqligini shubha ostiga olishgan. Shu bilan birga, ular Vashington bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikdan tezda voz kecha olmaydilar, hozirda mintaqada muqobil ittifoqchilar yo‘q", deyiladi xabarda.