Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Forbes eng ko‘p milliarderlar yashovchi shaharlarni aniqladi

Forbes eng ko‘p milliarderlar yashovchi shaharlarni aniqladi

Forbes eng ko‘p miliarderlar yashovchi shaharlar reytingini e’lon qildi.

Nashrga ko‘ra, birinchi o‘rinda Nyu-York joylashdi. Shaharda jami 123 nafar milliarder yashaydi. Nyu-Yorkning sobiq meri va va tadbirkor Maykl Blumberg ular orasida eng boyi hisoblanadi ($105 mlrd).

Rossiya poytaxti Moskva ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi — 90 nafar milliarder. Bir yilda ularning soni 16 nafarga ko‘paydi. Moskvada yashovchi milliarderlarning jami boyligi — $409 mlrd. Eng boy moskvalik — Vagit Alekperov ($28,7 mlrd, «Lukoyl» asoschisi).

Reytingda uchinchi o‘rinda Gonkong qayd etildi, 72 nafar milliarder. Ta’kidlanishicha, Gonkong o‘tgan yili reytingda ikkinchi o‘rinda edi.

Milliarderlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda joylashgan shaharlar: London (4), Pekin (5), Mumbay (6), Singapur (7), Shanxay (8), San-Fransisko (9), Los-Anjeles (10).

Kiritildi: 09:38 04.04.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!