Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Fon der Lyayen Ukrainaga qishda «tarixdagi eng kuchli yordam»ni va’da qildi

Fon der Lyayen Ukrainaga qishda «tarixdagi eng kuchli yordam»ni va’da qildi

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Ukrainaga kelayotgan qish mavsumida «butun tarixdagi eng kuchli yordam» ko‘rsatilishini va’da qildi.

U Yevropa parlamentida Yevropa Ittifoqidagi vaziyat haqidagi yillik murojaati chog‘ida: «Hamkorlarimiz bilan birgalikda gumanitar yordam ko‘rsatamiz, Ukrainaga elektr energiyasi va issiqlik yetkazib berishni kuchaytiramiz. Bundan tashqari, Ukrainaning havo mudofaasini mustahkamlaymiz», — dedi.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, AQShda ishlab chiqarilgan Patriot havo mudofaa tizimlarini Kiyevga zudlik bilan yetkazib berish zarur.

Biroq u Yevropaning bitta yetkazib beruvchiga qaramligini kamaytirish muhimligini ham qayd etdi. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan birgalikda hamyonbop, modulli raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uning asosiy elementlaridan biri Ukrainada ishlab chiqilayotgan Freyja loyihasi bo‘lishi kerak.

Evropa komissiyasi rahbari, shuningdek, Evropa xavfsizlik kengashini tashkil etish rejasini ma’lum qildi. Ushbu format doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Kanada, Norvegiya, Ukraina va Buyuk Britaniya kabi hamkor davlatlar rahbarlari bilan muntazam uchrashib borishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 07:11 17.09.2026. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!