Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fon der Lyayen: Yevropada dron hujumlari — gibrid urushning bir qismi

Fon der Lyayen: Yevropada dron hujumlari — gibrid urushning bir qismi

Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen so‘nggi vaqtlarda Yevropada kuzatilayotgan dron hujumlari va havo fazosining buzilishi tasodifiy emasligini ta’kidlab, bunday holatlarni «Evropa Ittifoqiga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli gibrid urush» deb atadi.

Strasburgdagi Yevropa Parlamentida chiqish qilar ekan, fon der Lyayen quyidagilarni qayd etdi:

«Bu alohida holatlar emas, balki bosqichma-bosqich kuchayib borayotgan kampaniyadir. Uning maqsadi — fuqarolarni xavotirga solish, Yevropa Ittifoqining qat’iyatini sinash, ittifoqni ichida bo‘lib tashlash va Ukrainaga bo‘lgan qo‘llab-quvvatni susaytirish. Buni o‘z nomi bilan atash vaqti keldi — bu gibrid urushdir».

Uning ta’kidlashicha, har bir hodisa ortida albatta Rossiya turadi deb bo‘lmaydi, lekin aynan Moskva Yevropada nizo va tartibsizlik urug‘ini sochishga intilayotgan asosiy taraf ekanligiga ishonch bor. Yevropalik rasmiylar avval ham ayrim hodisalarda Rossiya maxsus xizmatlari izi borligini bildirishgan.

Fon der Lyayen Yevropa mamlakatlarini birdamlikka va zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun yangi yondashuvlarga tayyor turishga chaqirdi:

«Biz yo pinhonlanib, Rossiya tahdidlarining ortib borishini tomosha qilamiz, yoki birlashib, qat’iylik bilan ularga qarshi turishni tanlaymiz», — dedi u.

Kiritildi: 18:53 08.10.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!