Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen 2028–2034 yillar uchun YEI byudjeti hajmini 1,2 trln yevrodan 2 trln yevrogacha oshirishni taklif qilmoqda. Bu mablag‘ pandemiya qarzlarini to‘lash, raqobatbardoshlik jamg‘armasi (451 mlrd yevro) va Ukrainaga yordam (100 mlrd yevro) uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Mablag‘lar yangi soliqlar — jumladan, tamaki kompaniyalari va 100 mln yevrodan ortiq aylanmasi bor korxonalarga qo‘shimcha soliqlar hisobiga yig‘iladi.
Taklif Yevropa bo‘ylab qattiq tanqidga uchradi. Germaniya va boshqa davlatlar ma’muriy xarajatlarning oshishi va fermerlarga subsidiyalar qisqarishidan norozi. Tanqidchilar buni “isrofgarchilik” deb atadi va avval tejamkorlikka chaqirishmoqda.