Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Tel-Aviv yaqinida FlyDubai aviakompaniyasining 1073-reysini qulatishga uringanlikda gumon qilinib hibsga olingan ikkinchi uchuvchi Hamam al-Hammami tergovchilarga iyul oyida ham shunday hujumni rejalashtirganini, biroq ekipaj a’zolaridan biriga nisbatan rahm-shafqati tufayli bu niyatidan voz kechganini aytgan.
Ummon fuqarosi bo‘lgan shaxs Isroilga parvoz qiluvchi aviakompaniyalarga ishga kirishga harakat qilgan hamda samolyot komandirini zararsizlantirib, samolyotni Ben-Gurion aeroporti kabi nishonga qulatishni rejalashtirgan.
Uchuvchi ekstremistik qarashlari sababli Oman Air aviakompaniyasi tomonidan parvozlardan chetlashtirilgan bo‘lgan. Biroq FlyDubai uni Ummon rasmiylari bilan tekshiruv o‘tkazmasdan ishga qabul qilgan.