Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan FlyDubai reysi bortida sodir bo‘lgan voqea isroilliklar, BAA va Avraam kelishuvlariga qaratilgan terroristik hujumga urinish sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Isroilning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilardan biri bortida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyotni urib tushirishni niyat qilgan.
Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, voqea paytida professionallik ko‘rsatgan yo‘lovchilar va ikkinchi uchuvchining harakatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan falokatning oldi olingan.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi voqea Isroil va BAA o‘rtasidagi munosabatlarga zarar yetkazmasligini yoki mintaqadagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi.
"Tinchlik va normallashuvni buzishga intilganlar mintaqamizning kelajagini belgilamaydi. Isroil BAA bilan munosabatlarini yuqori baholaydi va ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga sodiqdir", deyiladi bayonotda.