Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Florentino Peres "Real"ga yangi superyulduz tanladi

Florentino Peres "Real"ga yangi superyulduz tanladi

"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa uchun yangi superyulduzni tanladi. El Nacional nashrining xabar berishicha, Madrid klubi xo‘jayini "Real" libosida yarim himoyachi Vitinyani ko‘rmoqchi. Peresning fikricha, Vitinya "qaymoqranglilar" uchun ideal futbolchi hisoblanadi.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Peres allaqachon Vitinya bilan ishlaydigan agent Jorje Mendesh bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Ular agar Vitinya "PSJ"dan ketadigan bo‘lsa, "Real" uning asosiy manzili bo‘lishiga kelishib olishgan.

Ammo "PSJ" bilan "Real" Vitinya transferi bo‘yicha kelishib olishi juda qiyin bo‘ladi.

Nufuzli Transfermarkt portali 25 yoshli portugalni 80 million yevroga baholamoqda. Portugaliyalik "Oltin to‘p-2025" reytingida uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 18:57 25.09.2025. O'qildi: 3529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!