Xans-Diter Flik «Barselona» va «Benfika» o‘rtasidagi bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.
Jamoalar Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida to‘qnash kelishadi. Birinchi o‘yin ertaga, 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
— Albatta, biz oldindagi javob o‘yini haqida ham o‘ylashimiz kerak. Ertaga biz Chempionlar Ligasidagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi maydonga tushamiz. Ular juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda, o‘zlariga ishonchlari baland va yuqori saviyada harakat qilishmoqda. Biz ulardan yaxshiroq bo‘lishimiz kerak.
— Bu o‘yin yanvar oyidagi uchrashuvga o‘xshash bo‘ladimi?
— Bu qanday o‘ynashni biladigan jamoa, biz esa o‘z strategiyamizga egamiz. Ikki jamoaning ham juda yaxshi taktikalari bor. Umid qilamanki, bu safar tayyorgarligimiz yaxshiroq bo‘ladi. Aytganimdek, bu qiyin o‘yin bo‘ladi, va biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishimizga umid qilaman, — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.
Oldingi o‘yinda «ko‘k-anorranglilar» 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.