Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Flik "Barselona" yarim himoyachisini sotmaslikka qaror qildi

Flik "Barselona" yarim himoyachisini sotmaslikka qaror qildi

Xans-Diter Flik "Barselona"dan Fermin Lopes transferiga taqiq qo‘ydi.

Avvalroq, 22 yoshli xavbekka yozda "Arsenal", "Chelsi" va Saudiya Arabistoni klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Manchester Yunayted" esa 70 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga va futbolchining maoshini deyarli ikki barobarga oshirishga tayyor edi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barsa"da ko‘pchilik maoshlar chegarasi masalasini hal qiladigan kelishuvni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan, ammo bosh murabbiy bunga qarshi chiqqan.

Bundan tashqari, Flik moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolar tufayli iloji bo‘lmasa, boshqa futbolchi xarid qilmaslikka rozi bo‘ldi.

Premer-liga jamoalaridan Fermin bo‘yicha ikkita taklif salmoqli bo‘lib, kamida bir hafta muhokama qilindi. Saudiya Arabistoni jamoasidan taklif bo‘lgan holatda, futbolchining o‘zi katta miqdordagi mablaqqa qaramay, uni qabul qilmoqchi emasligini aniq ko‘rsatdi.

Kiritildi: 09:39 23.08.2025. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!