Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fiso: "Evropa Ittifoqining Xitoydagi bayramlarni e’tiborsiz qoldirgani katta xato"

Fiso: "Evropa Ittifoqining Xitoydagi bayramlarni e’tiborsiz qoldirgani katta xato"

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Yevropa Ittifoqi yetakchilarini Xitoyda Ikkinchi jahon urushi tugaganining yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayramlarga e’tibor bermaganliklarini qoraladi. Siyosatchining fikricha, bu ularning katta xatosi edi.

"Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar davlat rahbarlari va bosh vazirlari Xitoydagi bugungi bayramlarga e’tibor bermaganini katta xato deb bilaman", — deb yozdi u o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Bosh vazir Yevropa Ittifoqi yetakchilari bunday “global tadbir”da qatnashmaslikka qaror qilganidan afsus bildirdi. Uning qayd etishicha, bu bilan ular Xitoyni yakkalab qo‘yishga urinish emas, balki o‘zlarining yakkalanib qolganliklarini namoyish qilishgan.

Fiso shuningdek, suveren davlat rahbari sifatida unga qayerga borishi yoki borolmasligini aytishga hech kimning haqqi yo‘qligini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:30 04.09.2025. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!