So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va "Telegram" messenjeri orqali “imtihonlarsiz”, “rasmiylashtirib beramiz”, “5 kun ichida olib beramiz” kabi va’dalar bilan haydovchilik guvohnomasi taklif qilayotgan xabarlar keng tarqalmoqda.
Bu kabi e’lonlar — yolg‘on va firibgarlikdir! Ular orqali fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlar hamda pul mablag‘larini o‘g‘irlash maqsad qilingan. Bu xabarlarning hech biri rasmiy tashkilotlarga aloqador emas.
Eslatib o‘tamiz: Haydovchilik guvohnomasini olish faqat qonuniy va belgilangan rasmiy tartiblar asosida, imtihonlardan o‘tish orqali amalga oshiriladi. Hech qanday "vositachi" 5 kun ichida qonuniy guvohnoma rasmiylashtirib bera olmaydi!