Xelsinki ostida deyarli 1 million kishini sig‘dira oladigan 5,5 mingta boshpana tarmog‘i yaratildi. Bu haqda Times xabar bermoqda.
Finlyandiya poytaxti ko‘chalari ostida yadroviy zarba yoki hujum paytida aholini himoya qilish uchun mo‘ljallangan yer osti inshootlarining keng tarmog‘i yashiringan.
Shahar xavfsizlik departamenti xodimi Yukka-Pekka Shroderus tinchlik davrida bu joylar ijaraga berilishini tushuntirdi.
«Shahar hokimiyati favqulodda holatlar uchun boshpanalarni qurgan, ammo keyin ularni ijaraga bergan. Ularning ishlatilayotgani yaxshi, chunki biz hammasi ishlayotganini bilamiz», — dedi u.
Shroderusning so‘zlariga ko‘ra, yer osti shahri ichida suv gorkali olimpiya suzish havzalari, saunalar, karting trassalari, skeyt-parklar, cherkovlar va kamondan o‘q otish markazlari joylashgan.