Filippin hukumati tomonidan hibsga olinib, Xalqaro jinoiy sudga (XJS) topshirilgan Duterte birinchi sud majlisda videokonferensiya orqali ishtirok etdi. Uning advokati 79 yoshli siyosatchining sog‘lig‘i yomonligi sababli majlisda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi, biroq XJS sudyasi sud tibbiyoti mutaxassisi Dutertening sog‘lig‘i va ruhiy holati sud jarayonida to‘liq ishtirok etishga imkon berishini xulosa qilganini aytdi.
Rodrigo Duterte insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda. Duterte o‘z prezidentlik davrida Filippinda sudsiz qotilliklar kampaniyasini olib borgan.
U e’lon qilgan narkotiklarga qarshi urush doirasida prezidentga bo‘ysunuvchi guruhlar “narkotrafikka aloqador” deb hisoblangan odamlarni sudsiz o‘ldirgan. Turli baholarga ko‘ra, o‘sha davrda 7 mingdan 30 ming nafargacha odam halok bo‘lgan.