Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Filippinda sodir bo‘lgan sal kam 8 ballik zilzilada 32 kishi halok bo‘ldi

Filippinda sodir bo‘lgan sal kam 8 ballik zilzilada 32 kishi halok bo‘ldi

8 iyun kuni Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:37da sodir bo‘lgan. Dastlabki zilziladan keyin 1 dan 6,7 balgacha gacha bo‘lgan 130 dan ortiq aftershoklar qayd etildi.

Reuters'ning Fuqaro muhofazasi rasmiylariga tayanib yozishicha, hozirda tegishli idoralar Mindanao bo‘ylab bino parchalari qulashi va yer ko‘chkilari oqibatida 32 kishi halok bo‘lgani hamda 134 kishi jarohatlangani to‘g‘risidagi dastlabki xabarlarni tekshirmoqda.

Zilzila oqibatlarini bartaraf qilishga Filippin harbiylar va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish guruhlarini safarbar qilingan.

Filippin prezidenti Ferdinand Markos kichik o‘z bayonotida tegishli idoralar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralarini o‘zaro muvofiqlashtirayotganini bildirdi. Shuningdek, prezident zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda darslarni to‘xtatishga buyruq berdi. Ushbu ofat Filippinda yangi o‘quv yilining birinchi kuniga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: Bugun 19:54. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!