Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan mamlakatni jahon chempionatidan chetlatmoqchimi?

FIFA Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan mamlakatni jahon chempionatidan chetlatmoqchimi?

Tashkilot jiddiy sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda.

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Mazkur mundialda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

FIFA diskvalifikasiyasi tufayli bir qator davlatlar jahon chempionatida qatnashmaydi. Rossiya 2022 yilda Ukrainaga bosqin qilgani uchun musobaqadan chetlashtirilgan, Pokistan va Kongo esa ma’muriy kamchiliklar va tashqi tomonning aralashuvi tufayli saralash bosqichiga qo‘yilmagan.

Ammo yaqinda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan boshqa bir mamlakat jahon chempionatidan chetlashtirilishi mumkin.

Soccer24.zw nashrining ma’lum qilishicha, FIFA Zambiya futbol assosiasiyasiga xat yo‘llab, ularni xalqaro futbol musobaqalarida ishtirok etishdan butunlay chetlatilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Xabarlarga ko‘ra, davlat tashkiloti bo‘lgan Zambiya Milliy sport kengashi (NSCZ) dastlab FIFAga murojaat qilib, mustaqil saylov organini tashkil etish va Zambiya futbol assosiasiyasining saylov jarayonini puxta ko‘rib chiqishni talab qilgan.

FIFA qoidalari mamlakat futbol ishlariga, jumladan davlat organlaridan, uchinchi tomonlarning aralashuvini qat’iyan taqiqlaydi.

Kiritildi: 17:01 27.03.2025. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!