Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

FIFA qizil kartochka uchun avtomatik diskvalifikasiya qoidalarini o‘zgartirmoqchi

FIFA qizil kartochka uchun avtomatik diskvalifikasiya qoidalarini o‘zgartirmoqchi

FIFA to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan futbolchilarga nisbatan qo‘llanadigan bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikasiyani to‘xtatib turishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Ushbu taklif 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun bilan bog‘liq yuzaga kelgan mojarodan keyin ilgari surilgan. Futbolchi musobaqa davomida qizil kartochka olganiga qaramay, darhol diskvalifikasiya qilinmagan edi.

Qoidalarga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish 15 oktyabr, payshanba kuni Syurixda bo‘lib o‘tadigan FIFA kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Qizig‘i, ikki hafta avval e’lon qilingan kun tartibida faqat intizomiy tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish masalasi bor edi.

Taklif ma’qullansa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uchun belgilangan bir o‘yinlik avtomatik diskvalifikasiyani to‘xtatib turish mumkin bo‘lmaydi. Biroq uzoqroq muddatli diskvalifikasiyalarni to‘xtatib turish imkoniyati saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA avvalroq Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Jahon chempionati saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi o‘yinda chetlatilganidan keyingi jazosini yumshatgan edi.

Kiritildi: 23:39 14.10.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!