Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA prezidenti iste’fo haqidagi savolni javobsiz qoldirib, jurnalistning kalligi haqida hazil qildi

FIFA prezidenti iste’fo haqidagi savolni javobsiz qoldirib, jurnalistning kalligi haqida hazil qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbariyati atrofidagi mojaro fonida Sky News jurnalisti Jeyms Mettyusning savollariga kutilmagan tarzda javob qaytardi.

Jurnalist Infantinoni mehmonxona oldida uchratib, undan «futbolga xiyonat qilgan-qilmagani» va nima uchun iste’foga chiqish niyati yo‘qligini so‘radi. FIFA rahbari esa savollarga mazmunan javob berish o‘rniga jurnalistning soch turmagiga e’tibor qaratdi. Har ikkisi ham kal edi.

«Soch turmaging zo‘r ekan», — dedi Infantino.

Mettyus shundan keyin ham iste’fo va FIFA rahbariyatiga bo‘lgan ishonch haqida savollar berishda davom etdi. Infantino esa mashinaga o‘tirar ekan:

«Sartaroshxonada ko‘rishamiz», — deya javob qaytardi.

So‘nggi vaqtlarda Infantino FIFA musobaqalarining tijoriy huquqlariga xususiy investisiyalarni jalb qilish rejasi bilan bog‘liq mojaro sabab jiddiy bosim ostida qoldi. Keyinchalik ushbu loyiha bekor qilingan bo‘lsa-da, FIFA prezidentiga nisbatan tanqidlar davom etmoqda.

Kiritildi: 20:27 22.08.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!