Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

FIFA JCH-2030ni 64 jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmayapti

FIFA JCH-2030ni 64 jamoagacha kengaytirishni rejalashtirmayapti

JCH-2030da 64 jamoa ishtirok etmaydi.

Bundan avval FIFA prezidenti Janni Infantino Urugvay va Paragvay rahbarlari, KONMEBOL prezidenti, shuningdek Argentina, Urugvay va Paragvay federasiyalari prezidentlari bilan FIFAning Trump Tower’dagi ofisida uchrashida Urugvay futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tgan yil mart oyida FIFA kengashida norasmiy ravishda ilgari surilgan taklif birinchi marta rasmiy muhokama qilingani xabar qilingan edi.

FIFAning rasmiy pozisiyasi shundan iboratki, u kengashda ilgari surilgan takliflarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgani uchun jahon chempionatini kengaytirishni barcha manfaatdor tomonlar bilan muhokama qiladi.

Biroq, The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, saxna ortida turnirni kengaytirish maqsadga muvofiqligiga nisbatan shubha mavjud. Qaror FIFA kengashi tomonidan qabul qilinadi, uning navbatdagi yig‘ilishi keyingi oy Syurixda bo‘lib o‘tadi. Jahon chempionatini kengaytirish masalasi kun tartibida emas.

"Janni agar xohlasa ham bu masalani kengashda ovozga qo‘ymagan bo‘lardi. Ko‘pchilik ishtirokchilar 64 jamoa ishtiroki jahon chempionatiga ziyon yetkazadi deb hisoblaydi. Juda ko‘p qiziqarsiz o‘yinlar bo‘ladi, bu esa biznes modeliga zarar keltirishi mumkin", – dedi Xalqaro futbol federasiyasidagi manba.

Kiritildi: 23:22 24.09.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!