Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taqqosladi.
"Professionallik va jismoniy ma’lumotlar haqida gapiradigan bo‘lsam, men uchun Krishtianu yaxshiroq. Messi - Zidan kabi shoumen. Ularning har biri o‘ziga xos uslubga ega.
Ronaldu ishga bo‘lgan munosabati bilan ajralib turadi. Leoning kuchli tomonlari ko‘p, ammo men baribir Krishtianuni afzal ko‘raman, chunki uzoq va muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lgan har bir kishi undan o‘rnak olishi kerak," - deydi intervyuda "qaymoqranglilar" safida 1996 - 2007 yillarda to‘p tepgan 52 yoshli braziliyalik futbolchi.
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ayni damda "An-Nasr" va "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.