Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi qarorgohini AQShdan Meksikaga ko‘chirishga ruxsat berdi

 FIFA Eron terma jamoasining Jahon chempionatidagi qarorgohini AQShdan Meksikaga ko‘chirishga ruxsat berdi

Bu haqda Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj ma’lum qildi.

"Jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar terma jamoalarining tayyorgarlik bazalari FIFA tomonidan tasdiqlanishi shart. Baxtimizga, biz taqdim etgan so‘rovlar hamda FIFA va Jahon chempionati rasmiylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng, jamoamiz bazasini Qo‘shma Shtatlardan Meksikaga ko‘chirish haqidagi iltimosimiz ma’qullandi. Biz Tinch okeani yaqinida, Meksika va AQSh chegarasida joylashgan Tixuana shahridagi bazaga joylashamiz", — dedi Mehdi Toj.

Avvalroq Le Parisien gazetasi Eron futbol federasiyasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun FIFA'dan kafolatlar talab qilgani va 10 ta shart qo‘yganini, ular orasida vizalar berilishi, xodimlarga, Eron bayrog‘i hamda milliy madhiyasiga nisbatan hurmat ko‘rsatilishi kabi talablar borligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!