Jahon shaxmat federasiyasi fevral oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.
Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2773) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi. Bu oyda uning reyting ochkolari 7 ochkoga (avvalgi oyda 2766) ko‘paygan.