Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Fidan: "Qora dengizdagi kemalarga qilingan hujumlar urush geografiyasining kengayganidan darak beradi"

Fidan: "Qora dengizdagi kemalarga qilingan hujumlar urush geografiyasining kengayganidan darak beradi"

Qora dengizdagi kemalarga hujumlar harbiy amaliyotlar kengayganidan dalolat beradi, bu Turkiyaning ilgari bildirilgan xavotirlarini tasdiqlaydi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Bryusselda jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Kairos va Virat tankerlariga qilingan hujumlar Qora dengiz yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashishda muammolar tug‘dirmoqda va umuman dengiz savdosiga tahdid solmoqda.

"Qora dengizning eng uzun qirg‘oq chizig‘iga ega bo‘lgan davlat sifatida tegishli choralarni ko‘rishimiz kerak edi. Biz bu boradagi mas’uliyatimizni bajarmoqdamiz" dedi Fidan.

Vazir, shuningdek, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya bilan qirg‘oq chizig‘ini, ayniqsa minalardan himoya qilish uchun ishchi guruh tuzilganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!