O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Istanbulning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Turkiya Superligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Fenerbahche” klubi sport direktori Devin O‘zek bugun o‘zbekistonlik futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazgan. Hozircha ushbu muzokaralar natijasi haqida ma’lumot berilmadi.
Avvalroq Shomurodovni transfer qilish masalasida “Fenerbahche” klubi “Bashakshehir” bilan muzokara o‘tkazgani hamda Istanbul klubi Eldorning transferi uchun 20 million yevro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2025 yil yozidan buyon “Bashakshehir” safida to‘p surib kelmoqda. Hujumchi shu vaqtga qadar klub tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. Ayni paytda u Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, chempionat doirasida 14 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.