Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Farmasevtikada yangi bosqich: mahalliy dori ishlab chiqarish hajmi 8,5 trillion so‘mga yetkaziladi

Farmasevtikada yangi bosqich: mahalliy dori ishlab chiqarish hajmi 8,5 trillion so‘mga yetkaziladi

O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat qabul qilindi. Prezidentning “Farmasevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tarmoqni yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi.

💠 Hujjatga muvofiq, 2026-yilda farmasevtika sohasida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Bu nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish, balki aholini mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

💠 Shuningdek, tarmoqni rivojlantirish maqsadida 1 milliard dollarlik istiqbolli investisiya loyihalari shakllantirilishi, 800 million dollarlik yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish va 300 million dollarlik eksport ko‘rsatkichlariga erishish belgilangan.

💠 Muhim jihatlardan yana biri — 350 turdagi yangi dori vositalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. Bu mahalliy farmasevtika bozorini kengaytirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

💠 Farmon doirasida “Tashkent Farma Park” innovasion klasteri hududini kengaytirish va uni mintaqadagi ilmiy-ishlab chiqarish markazi — “BioFarma Siti”ga aylantirish ham ko‘zda tutilgan.

Mazkur Farmon farmasevtika tarmog‘ini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish, innovasion texnologiyalarni joriy etish va investisiyalarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Natijada mamlakatda dori vositalari ishlab chiqarish kengayib, aholini sifatli va nisbatan arzon mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash imkoniyatlari yanada oshadi, farmasevtika tarmog‘ining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni mustahkamlanadi.

Kiritildi: 18:19 08.03.2026. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!