Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farhod Mahmudov O‘zbekistonda film suratga olmoqchi

Farhod Mahmudov O‘zbekistonda film suratga olmoqchi

Rossiyada ijod qilib kelayotgan o‘zbekistonlik taniqli aktyor Farhod Mahmudov "O‘zbekkino" MA bilan hamkorlikda "Pari sovg‘asi" deb nomlangan film suratga oladi. Ushbu film 6 yoshdan katta bo‘lgan bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janridagi kartina hisoblanadi

- Hozir suratga olish uchun tayyorgarlik jarayoni ketyapti, suratga olish esa bahorda rejalashtirilgan. Lekin film uchun aktyorlarni tanlash noyabr oyida boshlanadi. Filmda rus aktyorlari ham, o‘zbek san’atkorlari ham ishtirok etadi, - deydi aktyor.

Tasvirga olish ishlari Buxoro, Samarqand va Xivada bulib o‘tishi  rejalashtirilgan. Ushbu film "VEGA" kinokompaniyasi va "O‘zbekkino" MAning hamkorlikdagi mahsuloti. Loyiha so‘nggi yillardagi Rossiya va O‘zbekistonning ilk jiddiy va to‘laqonli qo‘shma kinomahsuloti bo‘lishi kutilmoqda.

- Agar bu birinchi tajribamiz muvaffaqiyatli chiqsa, "O‘zbekkino" bilan birgalikda va Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida navbatdagi loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz - deya ko‘shimcha qildi Farhod Mahmudov.

Kiritildi: 16:20 17.10.2020. O'qildi: 3570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!