Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onalik yigit tanishishni xohlamagan qizga behayo rasmlar yubordi, oqibatda...

Farg‘onalik yigit tanishishni xohlamagan qizga behayo rasmlar yubordi, oqibatda...

Quva tuman ma’muriy sudining raisi A.Jumayevning "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, huquqbuzar Qurbonov Dostonbek Rustamjon o‘g‘li jabrlanuvchi D.Abdullayevaning telefoniga “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘i orqali SMS xabarlarni jo‘natib, tanishishni taklif qiladi, va u bilan tanishib uzoq muddat gaplashib yurish istagidaligini aytadi, uni bu taklifi rad etilganligi bois unga har xil behayo rasmlar Dostonbek tomonidan yuboriladi. Shunda jabrlanuvchi D.Abdullayeva ushbu behayo rasmlar yuborishni to‘xtatishligini, aks holda  IIBga murojaat qilishini aytib ogohlantirsa-da, huquqbuzar D.Qurbonov jabrlanuvchiga behayo rasmlarni yuborishni to‘htamaydi va uni topa olmasligini va qo‘lidan hech narsa kelmasligini aytib maqtanadi.  Shundan so‘ng jabrlanuvchi IIBga murojaat qilishdan boshqa iloj qolmaydi.

Shu joyda qonunga nazar tashlaymiz, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 189-moddasiga ko‘ra, pornogarfik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish - pornografik mahsulotni, uni tarqatish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 Biroq, Dostonbekning parnografik maxsulotlarni tarqatilishiga javobgarlik borligidan, bundan tashqari jabrlanuvchining yana behayo rasmlar yuborsa, IIBga murojaat qilishidan ham qo‘rqmaydi.

Ushbu huquqbuzarlik ishi Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzar D.Qurbonov o‘z harakatlariga iqrorligini, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini aytib, jabrlanuvchidan kechirim so‘radi va  undan ashyoviy dalil tariqasida olingan Quva tumanidagi “Qubbo Olimjon” MCHJda saqlanayotgan “Samsung Gallaxi” rusumli uyali telefon davlat foydasiga musodara qilinadi, Dostonbekga esa bir million to‘rt yuz ming so‘mdan ortiq jarima jazosi tayinlandi.

 

                                     

Kiritildi: 10:33 14.02.2020. O'qildi: 11990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!