Toshloq tumani. Navoiy ko‘chasida yashovchi R.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 17 may kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida bo‘lgan narxi 200 AQSh dollarli “Samsung” rusumli televizorini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.