Uning qiymati $50 mln bo‘ladi va markaz orqali yiliga 100 mln dollarlik mahsulot eksport qilish mumkin bo‘ladi.
Agrologistika markazi Rossiyaning Omsk viloyati hamda Farg‘ona viloyati ma’muriyatlari hamkorligida Quva tumanida 15 gektar maydonda barpo etiladi. U yerda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sexi, sovutish omborlari, mehmonxona va boshqa kerakli infratuzilma joylashadi.