Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklani yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklani yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Bosh prokuratura Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklanishiga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimi kaltaklangani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 mart kuni “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJning O‘zbekiston tumani filiali inspektori D.S. tumandagi Sochtepa ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga borgan. Ushbu xonadonda suv ta’minoti holatini o‘rganish davomida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hisoblagich mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilishi haqida ma’lum qilingan vaqtda ushbu xonadonda yashovchi fuqaro P.F. xizmat vazifasini bajarayotgan inspektor D.S.ga qarshilik qilib, janjallashgan. Janjal davomida fuqaro P.F. o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och bo‘lagi bilan inspektor D.S.ning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!