DXXning tezkor tadbirlarida 36, 29, 27, 25 va 23 yoshli erkaklar til biriktirib, soxta Turkiya Respublikasi fuqarolik pasporti va haydovchilik guvohnomalarini tayyorlashgan.
Ular ushbu hujjatlarni 4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, 11 dona mobil telefon va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.