Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada Nexia-3 va Tico to‘qnashdi va haydovchi vafot etdi

Farg‘onada Nexia-3 va Tico to‘qnashdi va haydovchi vafot etdi

Viloyat YHXB xabar berishicha, Unga ko‘ra, holat 5 may kuni soat 16:00 larda Farg‘ona tumani Farg‘ona—Vodil—Hamzaobod avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan.

2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.

Natijada, o‘z yo‘nalishida kelayotgan, 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijada Tico haydovchisi vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchilari tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.

Kiritildi: 14:11 06.05.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!